
"Al Ayn" - "Paxtakor": Chempion "sherlar" Ernan Krespo boshchiligidagi BAA klubiga qarshi maydonga tushadi
Ertaga 28 noyabr kuni "Paxtakor" Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarida "Al-Ayn" jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Ta’kidlash kerakki, "sherlar" shu kungacha ushbu jamoaga qarshi 5 marta to‘qnash kelishgan. "Paxtakor" 2010 yil Al-Aynda 1:0, Toshkentda 3:2 hisobida g‘alabaga erishgan. "Al-Ayn" "Paxtakor" ustidan Toshkentda 2015 yilda 1:0, joriy yil esa 3:0 hisobida zafar quchgan. "Sherlar" bir marta mehmonda 1:1 natijasida durang qayd etishgan.
E’tiborlisi, o‘zbek klublari orasida faqatgina "Paxtakor" "Al Ayn"ni mag‘lub etishning uddasidan chiqqan.
BAA klubida bir necha kun avval bosh murabbiy almashdi. Hozirda jamoani argentinalik mashhur Ernan Krespo boshqarmoqda. Uchrashuvni "Paxtakor" tarkibidan Odil Hamrobekov diskvalifikatsiya, Hojiakbar Alijonov, Metyu Stinvorden va Pshemislav Banashak jarohat sababli o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, "Al-Ayn" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ertaga 28 noyabr, Al-Ayndagi "Hazza Bin Zayd" stadionida Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Fikrlar