
Akmaljon Isroilov turkiyalik bokschiga hech qanday imkon qoldirmadi
Xabaringiz bor, Polshaning Varshava shahri "World Boxing" tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.
-85 kg da ishtirok etayotgan bokschimiz Akmaljon Isroilov Turkiya vakili Samet Ersoyga qarshi ringga ko‘tarildi. Barcha raundlarda raqibidan ko‘ra faolroq harakat qilgan charm qo‘lqop ustamiz yakunda ochkolar bo‘yicha ham katta ustunlikka erishdi. Shu tariqa Akmaljon ham yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Fazliddin Erkinboev va braziliyalik Kaue dos Santos jangi kutmoqda.
Fikrlar