Akbarjon Islomboev: "Ajoyib imkoniyatni rad etdim. Chunki..."

BEPUL PROPAN

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Akbarjon Islomboev UAE Warriors promoushenidagi ikki yorqin g‘alabasidan so‘ng, unga bo‘lgan qiziqish ortib ketdi. Jumladan unga AQShning LFA promousheni ajoyib shartnoma taklif qilganligi xaqida ham xabar bergan edik. Biz ushbu jangchimizning endilikdagi rejalari qanday ekanligi bilan qiziqdik.

Akbarjon yangi shartnomalar haqida xabar topdik?

- Ha, AQShning LFA promousheni bilan kelishuvga erishdik. 

- Warriors rahbariyati bunga qanday munosabatda bo‘ldi?

- Ikkinchi jangimdagi g‘alabadan so‘ng, ular menga kamar uchun jang berishini aytishgan edi. Ammo maqsad UFC bo‘lganligi uchun buni rad etib, LFAni taklifini qabul qildim.
 
- Promoushen bilan kelishuv qilsa bo‘lmaydimi, ya’ni viza masalasi hal bo‘lgunga qadar Warriorsda jang o‘tkazib turish borasida...?

- Yo‘q faqat PFL va UFCda jang qilishni imkoni bor xolos. Boshqa ligalarga ruxsat bermas ekan.

- LFA dagi jangingiz taxminan qaysi oylarga to‘g‘ri kelishi mumkin? 

-  Hozirda barcha diqqat etiborimiz viza jarayonlariga qaratilgan. Ularning rejasiga ko‘ra, iyun oyida jang qilishim kerak. Uzog‘i bilan iyulda Amerikada oktagonga ko‘tarilaman.

- Albatta, sizdan okean ortida ham chiroyli g‘alabalar kutib qolamiz!

- Bunga bor imkoniyatim bilan harakat qilaman. Maqsadim UFCga chiqish va u erda ham munosib natijalarga erishishdan iborat. 

Ma’lumot uchun, Akbarjon Islomboev 10-1 rekord qayd etgan. Hozirda Dubayda TKAMMFIT zalida Husan Majlimov qo‘l ostida mashg‘ulolotlar olib bormoqda. 
 

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!