
Aguero Messining raqamini olishga botina olmadi
"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero Lionel Messi ketgach klub unga Leoning 10-raqamni taklif qilgan bo‘lsada, Kun buni olishni xohlamadi. Bu haqda AS yozmoqda.
"Ular menga taklif qildi, biroq Messiga bo‘lgan hurmatim sababli buni rad etdim", -deydi futbolchi.
Aguero "Barsa"da 19-raqamda harakat qiladi. Argentinalik forvard "Siti"da 10-raqam ostida o‘ynagan. Messining raqamini yosh futbolchi Ansu Fati qabul qilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Leo yozda PSJ safiga borib qo‘shildi. U Parijda 30-raqamni tanladi.
Fikrlar