
Aguero APL tarixidan joy oldi
"Manchester Siti" klubi xujumchisi Serxio Aguero APLning 32-turi doirasida "Fulxem"ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
30 yoshli argentiniyalik APLdagi faoliyati davomida 162 marta gol urdi.
Aguero ushbu ko‘rsatkich borasida Jermeyn Defo bilan tenglashib oldi. Shu tariqa u APL tarixidagi eng yaxshi to‘p urarlar ro‘yxatida 7 o‘rinni egalladi.
1 o‘rin - Alan Shirer (260)
2 o‘rin - Veyn Runi (208)
3 o‘rin - Endryu Kol (187)
4 o‘rin - Frenk Ljmpard (177)
5 o‘rin - Tierri Anri (175)
6 o‘rin - Robi Fovler (163)
7 o‘rin - Jermeyn Defo va Serxio Aguero(162)
Fikrlar