AGMK musobaqa favoritiga qarshi munosib o‘ynadi va OChLdagi debyut o‘yinidayoq ochko oldi (video)

  • 16 aprel, 2021, 04:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo Chempionlar ligasining dastlabki turi doirasida AGMK Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

O‘yin qiziqarli va murosasiz ruhda kechdi. Dastlab, Zafar Polvonov (11') o‘z goli bilan olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay, Sardor Rahmonov (27' avtogol) kutilmaganda, o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi va hisob tenglashdi. Taym oxiriga qadar “Al-Hilol” futbolchisi Luchano Dario Vetto (37') jamoasini oldinga olib chiqdi – 2:1. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida (70') Sanjar Shoahmedov katta sahnaga chiqdi va o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, o‘yin 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!