
AGMK futbolchisi Chempionlar ligasida tengsiz deb topildi (FOTO)
Ayni damda Osiyo Chempionlar ligasining G‘arb mintaqasida guruh bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘tgan hafta musobaqaning 2-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
OFK rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra, AGMK hujumchisi Zafar Polvonov 2-turda eng ko‘p ballga loyiq ko‘rildi. OFK olmaliqliklar a’zosiga 8.3 ball berdi.
AGMK 2-turda qo‘shni Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda Polvonov dubl muallifiga aylandi.
Bundan avvalroq Zafar Polvonov OFK talqiniga ko‘ra Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turining ramziy terma jamoasidan joy olgan edi.
Fikrlar