
AGMK Dubayda Rossiya grandiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi
O‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasida 4-o‘rinni egallab, OChLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan AGMK ayni kunlarda BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.
Mirjalol Qosimov shogirdlari 22 yanvar sanasida Rossiyaning "Spartak" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Olmaliqliklar bungacha "Shabab Al-Ahli"dan mag‘lub bo‘lib, “Al-Hamriah" jamoasidan ustun kelgandi.
Fikrlar