AGMK - "Istiqlol" uchrashuvi uchun prevyu

  • 18 aprel, 2021, 15:27
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun OChLdagi ikkinchi jamoamiz AGMK 2-tur uchrashuvida maydonga tushadi. Vakillarimizga Tojikistonning "Istiqlol" klubi raqiblik qiladi. Ushbu bahs oldidan klub matbuot xizmati ba’zi ma’lumotlarni taqdim etdi:

Tecno

"Joriy yil OChL guruh bosqichida debyut qilayotgan mazkur jamoalar 2019 yilda OChL saralash bosqichi doirasida Olmaliqda o‘zaro to‘qnash kelgan va dramatik kechgan bahsda jamoamiz ajoyib kambekni (4:2) amalga oshirgandi.

Oradan ikki yil o‘tib, jamoalar nihoyat Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olishni uddaldi hamda bir guruhda joylashdi.

2019 yilgi tarkibdan 8 nafari Suhrob Sultonov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Bobur Yo‘ldoshev, Sardor Rahmonov, Mirjamol Qosimov, Dilshod Jo‘raev, Jasur Umarov, Zafar Polvonov hozir ham jamoamiz sharafini himoya qiladi. O‘shanda Sultonov va Umarovdan tashqari 6 nafar futbolchi "Istiqlol"ga qarshi bahsda ishtirok etgan va gollarni Jo‘raev (dubl), Polvonov va o‘tgan mavsum avvalida jamoadan ketgan Shixov hamda Hakimov kiritgandi.

"Istiqlol"ni ayni paytda Vitaliy Levchenko boshqarmoqda. OChLda esa bosh murabbiyda Pro litsenziyasi bo‘lmagani bois yordamchi murabbiy Mubin Ergashev rasman bosh murabbiy sifatida ko‘rsatilgan. Jamoa musobaqaning ilk turida "Shabab Al-Ahli" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va guruhda 2-tur oldidan barchada bir xil 1 ochkodan mavjud.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz bugun o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini klub ixtiyoriga foydalanish uchun topshirilgan maydonda o‘tkazdi. Jamoa derbiga jiddiy tayyorlandi va futbolchilar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lajak bahsga taraddud ko‘rishmoqda.

AGMK mazkur turda "Istiqlol" bilan o‘ynasa, parallel ravishda guruhdagi boshqa raqiblarimiz "Shabab Al-Ahli" "Al-Hilol" bilan bellashadi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi",-deyiladi klub xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
18/04/2021 16:57
Бугун АГМК Ажойб ғалабаси билан ҳаммамизни ҳурсанд қилади деб ишонамиз. Бу рақиб жамоа учун қулай рақиб. Саудия жамоаси билан дурранг ўйнади. шу кайфиятида Эронни Истиқлоли бўлса ҳам ютарди Қосимов шогирдлари. Нима дедизлар...