
Agamurodov ishga kirishdi (foto)
“Qizilqum”ning yangi bosh murabbiyi Tachmurad Agamuradov jamoa futbolchilari bilan mashg‘ulotlarni boshladi.
Turkmanistonlik mutaxassis Navoiy shahri jamoasini Superliga o‘yinlariga puxta tayyorlash maqsadida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot olib bormoqda. Asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini kuchaytirishga qaratilmoqda.
Bugun “Qizilqum” Muborakning "Mash’al" jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Agamuradov bu o‘yin orqali shogirdlarining nimalarga qodirligini o‘zi uchun bilib olmoqchi.
“Yoshlar” sport majmuasi stadionida tashkil etiladigan nazorat o‘yini karantin tufayli yopiq tarzda o‘tkaziladi.
Fikrlar