
AFC musobaqalar qo‘mitasining 3-yig‘ilishi o‘tkazildi
BAA ning Al-Ayn shahrida OFK musobaqalar qo‘mitasining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Osiyo chempionlar ligasi finalchilari "Al- Ayn" va "Yokohama" jamoalariga omad tilash bilan boshlandi.
Yg‘ilishda bir nechta masalalar ko‘rib chiqildi. Ulardan eng asosiysi, qo‘mita 2028 yildan boshlab U23 Osiyo kubogini ikki yilda emas, 4yilda bir marta o‘tkazishga qaror qildi. Bu har olimpiada o‘yinlari yiliga to‘g‘ri keladi. FIFA U17Jahon chempionati esa ikki yilda emas , har yili o‘tkazish belgilandi.
Shu bilan birga, Qo‘mita OFK U20 Osiyo Kubogi 2025 mezbonlik huquqini Xitoy Futbol Assotsiatsiyasiga, OFK U17 Osiyo Kubogi 2025 esa Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasiga berildi.
Bundan tashqari, yangi musobaqalar Qo‘mita OFK Chempionlar Ligasi Elite (ACL Elite), AFC Chempions League Two (ACL Two) va OFKning 2024/25 yilgi musobaqalar reglamentini tasdiqladi.
Fikrlar