Abraham APLga qaytishi mumkin

  • 3 iyun, 2023, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Roma"ga tegishli futbolchi Temmi Abraham "Tumanli Albion"ga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda "The Sun" nashri.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga "Everton" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar klubi Abrahamning transferi uchun 31 million evro to‘lashga tayyor. "Roma" bu taklifga qanday munosabat bildirgani hozircha noma’lum.

Temmi 2021 yilning avgustidan beri Rim jamoasida o‘ynamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha hisoblanadi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Abraham 37 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!