
A Seriya. "Kalyari" o‘z uyida "Verona" bilan durang o‘ynadi
Italiya A Seriyasi 30-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Verona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Dastlab, Federiko Bonatstsoli hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqada sardiniyaliklar Ibragim Sulemananing goli evaziga muvozanatni tikladi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va bir taym harakat qildi.
Shu tariqa, Raneri shogirdlari o‘z uyida mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.
Fikrlar