
A Seriya grandlaridan birida iste’fo yuz beradi
"Roma" klubi bosh murabbiyi Paulo Fonseka Evropa ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga (2:6) qarshi o‘yinda uchralgan sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqish arafasida turibdi.
Klub xo‘jayinlari “Old Trafford”da qayd etilgan hisobdan shokka tushgan va portugaliyalik mutaxassisni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Faqat bu ish mavsum yakunlangach amalga oshiriladi.
Fonseka o‘rniga "Yuventus"ning sobiq ustozi Mauritsio Sarri tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Pauloning o‘zi esa faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Unga "Kristal Pelas"dan jiddiy taklif bor. Bundan tashqari u "Spartak"ning ham short-listidan joy olgan.
"Roma" 33 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Rimliklar hisobida 55 ochko bor.
Fikrlar