
Zlatko Dalich: Modrich - mening maydondagi yordamchim
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan shogirdi Luka Modrich haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Modrich – sardor va jamoamning eng zo‘r o‘yinchisi. U mening maydondagi yordamchim. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi va u bu sovrinni haqli ravishda qo‘lga kiritdi”, - deydi tajribali mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Modrich bu yil "Real" bilan Chempionlar ligasida zafar quchdi va Xorvatiya terma jamoasini JCh-2018 finaliga qadar etaklay oldi.
Fikrlar