
“Yuventus” "Portu" yarim himoyachisi bilan shartnoma tuzmoqchi
“Yuventus” klubi Meksika terma jamoasi va “Portu” yarim himoyachisi Ektor Errerani o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
28 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. Hozirda uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda, ammo qishda Errera boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
“Yuventus” futbolchi bilan qishda dastlabki kelishuvlarni amalga oshirib, yozda uni safiga qo‘shib olishga tayyor.
Meksikalik futbolchiga shuningdek, “Roma”, “Milan” va “Arsenal” jamoalari ham qiziqish bildirgan.
Fikrlar