
Yoshlar o‘rtasidagi MMA bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar aniqlandi (foto)
Toshkentdagi “JM Arena” sport saroyida MMA bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati tashkil etildi. Ushbu musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlaridan yosh yakkakurashchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Musobaqaning ochilish marosimida sambo federatsiyasi vakillari, taniqli sport ustalari va estrada yulduzlari ishtirok etishdi.
Ikkinchi marta MMA bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati g‘olib va sovrindorlariga “JM Arena” klubi bosh murabbiyi Jasur Maxamadjonov MMA chempionlik kamarlari va kuboklarni topshirdi.
Musobaqa yakuniga quyidagi sportchilar o‘z vazn toifalaridan tengsiz deb topildi.
52 kg: Shaxriyor Husanboev
60 kg: Yusuf Sulaymonov
63 kg: Jahongir G‘ofurov
67 kg: Jahongir Hamdamov
70 kg: Ma’ruf Mamarizoqov
73 kg: Sarvarjon Yangiboev
75 kg: Islom Boltaev
80 kg: Shohruh Latifjonov.
Fikrlar