
Xoakin Messi va Ramosni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi
Sevilyaning "Betis" klubi vingeri Xoakin Sanches La Liga doirasida ketma-ket mavsumlarda gol urish bo‘yicha rekordni yangiladi.
O‘tgan tur “Sevilya”ga qarshi o‘tgan shahar derbisida 37 yoshli futbolchi raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Aytish lozimki, bu Sanchesning Ispaniya chempionatida ketma-ket 16-mavsumda urgan goli bo‘ldi.
E’tiborlisi, u bu borada Lionel Messi ("Barselona") va Serxio Ramoslarni ("Real") ortda qoldirdi. Yuqoridagi ikki futbolchi hisobida ushbu ko‘rsatgich 15ta o‘yinni tashkil etadi.
Fikrlar