
Xedira yozda MYu va PSJning takliflarini rad etgani ma’lum bo‘ldi
Turinning "Yuventus" klubi xavbeki Sami Xediraga yakuniga etgan yozgi transferlar davrida Evropa grandlaridan jiddiy takliflar kelib tushgani ma’lum bo‘ldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli germaniyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va PSJ klublaridan jiddiy takliflar bo‘lgan, biroq u ushbu takliflarni rad etib, faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” Xediraga yangi shartnoma taklif qilishi va shundan so‘ng uning maoshi yiliga 6 million evroga ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar