Urugvaylik futbolchi transfer bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

  • 14 dekabr, 2018, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvaylik hujumchi Sebastyan Abreu faoliyatini Braziliyaning “Rio Branko” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu klub futbolchining professional faoliyatidagi 28-jamoasi bo‘ldi, deya xabar berali En Una Baldosa nashrining Twitter’dagi sahifasi.

Tecno

42 yoshli futbolchi butun dunyo bo‘ylab 11 ta turli davlat chempionatlarida to‘p surgan. Urugvaylik hujumchi faoliyatining asosiy qismini Meksikada o‘tkazgan. Mahalliy chempionat u 7ta turli jamoada o‘ynashga ulgurgan.

Abreu faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida jamoasini almashtirish bo‘yicha rekordni yangiladi. 2017 yilda u barcha futbolchi konfederatsiyalarda 27 klubda o‘ynagan germaniyalik darvozabon Lutts Pfannenshtilning rekordnini takrorlagan edi.

Abreu to‘p surgan jamoalar ichida eng nomdorlaridan biri Ispaniyaning “Deportivo” jamoasi bo‘ladi. Hujumchi shuningdek, Urugvay termasida ham o‘ynagan va milliy termada uning hisobida 70 o‘yinda 26 gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!