
Ueyn Runi Vashington aeroportida xibsga olingan
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi dekabr oyida Vashington aeroportida alkogol mahsulotini ist’emol qilgan holda haqoratli so‘z aytganligi uchun xibsga olingan. Bu haqda yakshanba kuni Britaniyaning The Guardian nashri xabar tarqatgan.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 16 dekabr kuni yuz bergan va o‘shanda 33 yoshli futbolchi qo‘lga olingan. Keyin 116 dollar miqdorida jarimaga tortilib, hech qayoqqa ketmaslik sharti bilan ozod qilingan.
Runi Shimoliy Amerikaning bosh futbol ligasi MLS a’zosi “Di Si Yunayted” tarkibida to‘p suradi. U shuningdek, Angliyaning “Everton” va “Manchester Yunayted” jamoalaridagi faoliyati bilan ham ko‘pchilikka yaxshi tanish.
U mankunianliklar safida EChL, Evropa Ligasi va besh marta Angliya chempioni, uch marta Angliya kubogi va bir marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Runi “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Fikrlar