
Totti “Roma”ga Ronaldu va Ibragimovichni olib kelmoqchi bo‘lgan
“Roma” klubi direktori Franchesko Totti klubga yulduz futbolchilarni olib kelishga harakat qilgan. U rimliklarga sovrinlar uchun kurashishda nomdor futbolchilar yordam beradi deb hisoblagan.
– Men har doim g‘alaba uchun chempionlar kerakligini aytaman. Men Ronaldu va Ibragimovichni olib kelishimizga umid qilgan edim. Ular jahonning eng kuchli futbolchilaridan. Gap faqat hujumchilar haqida ketmayapti, balki himoyachilar va yarim himoyachilar haqida hamdir.
– Ammo bizda moliyaviy cheklov bor. Men albatta, “Roma” uchun zo‘r futbolchilarni olib kelishgan uringanman, – deydi Totti.
Fikrlar