"Tottenxem" "Liverpul" hujumchisiga qiziqib qoldi

  • 18 yanvar, 2019, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Liverpul" forvardi Divok Origining xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “shporlar” bir yarim oyga safdan chiqqan Xarri Keyn o‘rniga aynan belgiyalik futbolchini munosib ko‘rishmoqda. O‘z navbatida Origi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq londonliklar shuningdek "Barselona" vingeri Malkom hamda erkin agent hisoblangan Juzeppe Rossilarga ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Origi joriy mavsum “Liverpul” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!