Toshkentda OFKning "B" sertifikati bo‘yicha xalqaro murabbiylik kurslarining yakuniy qismi boshlandi

  • 22 fevral, 2019, 11:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar mahoratini oshirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 
 
Jumladan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra bugun, ya’ni 22 fevral kuni Toshkentdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida "B" sertifikati uchun OFKning xalqaro murabbiylik kurslarining uchinchi - yakuniy qismi boshlandi. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. 
 
Murabbiylik kurslarini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga Oybek Davletmurodov yordam beryapti. O‘quv kurslari shu yilning 1 mart kuniga qadar davom etadi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan murabbiylar OFKning "B" sertifikatiga hamda O‘FAning murabbiylik litsenziyasiga ega bo‘lishadi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!