
Taekvondo: Niyoz Po‘latov yarim finalda
Osiyo o‘yinlarining ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan taekvondo bahslarining -58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Niyoz Po‘latov nimchorak final bosqichida Tailand vakili Savekvixare Ramnarongga qarshi dayanga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda hayurtimiz 22-23 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar