
Sport kurashlari. Polvonlarimiz jahon chempionatiga tayyorlar
Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 75 dan ortiq mamlakatidan 600 ga yaqin sportchi qatnashishi kutilmoqda. Bellashuvlarda o‘zbekistonlik polvonlar ham ishtirok etadilar. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Musobaqada quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladilar:
Erkin kurash:
-57 kg: Nodirjon Safarov
-61 kg: Abbos Rahmonov
-65 kg: Sirojiddin Hasanov
-70 kg: Ixtiyor Navro‘zov
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-79 kg: Rashid Qurbonov
-86 kg: Abdurasul Vahobov
-92 kg: Azizbek Soliev
-97 kg: Magomed Ibragimov
Murabbiylar: Olimjon Hikmatov, Adhamjon Ochilov, Muzaffar Abdurahmonov.
Yunon-rum kurashi:
-55 kg: Ilhom Bahromov
-60 kg: Feruz To‘xtaev
-63 kg: Elmurat Tasmuradov
-67 kg: Mirzobek Rahmatov
-72 kg: Aram Vardanyan
-77 kg: Bilan Nalgiev
-82 kg: Nurbek Hoshimbekov
-87 kg: Rustam Assakalov
Murabbiylar: Ravshan Ro‘ziqulov, Asliddin Xudoyberdiev.
Shifokor: Elena Abaeva.
Musobaqaga ertaga start beriladi. Jahon chempionatining birinchi kunida Abbos Rahmonov, Bekzod Abdurahmonov, Abdurasul Vahobov kabi erkin kurashchilarimiz bahslarga kirishadilar.
Fikrlar