
Shohruh Xolmurodov 29 sentyabr kuni chempionlik uchun ringga chiqadi
29 sentyabr kuni Myanma poytaxti Yangon shahridagi “Thuwanna Indoor” stadionida muay tay bo‘yicha professional janglar bo‘lib o‘tadi.
Ushbu turnirda jami sakkizta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shulardan 67 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Shohruh Xolmurodov ringga chiqadi. Unga bu bahsda mezbonlar vakili Txa Pyay Nyo raqiblik qiladi.
Bunda sportchilar ikkita jang o‘tkazadi. Birinchi reyting uchun bo‘lsa, ikkinchisi chempionlik jangi bo‘ladi.
Fikrlar