
Shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga "Spark" avtomobili hadya etildi (foto)
Avval xabar qilganimizdek, Turkiyada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar shaxmat olimpiadasida chempion bo‘lib qaytgan sportchilarimiz hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlandi.
Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev va Shamsiddin Vohidovlar "Prezident sovg‘asi" - Spark avtomobili bilan taqdirlanishdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi esa jamoa murabbiysi Saydali Yo‘ldoshevni 15 million so‘m bilan mukofotladi.
Fikrlar