
Sefu Tura Milan marafonining g‘olibiga aylandi
Dam olish kuni Evropaning ko‘plab shaharlarida marafon bo‘lib o‘tdi. KO‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lgan poyshalardan biri Milan shahrida tashkil qilindi.
Marafonda kutilganidek afrikalik atletlar barcha sovrinli o‘rinlarni bo‘lishib olishdi. Erkaklar o‘rtasida kechgan bahs efiopiyalik Seefu Turaning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, ikkinchi va uchinchi o‘rin, shuningdek, ayollar o‘rtasidagi bahsning barcha sovrindorlari keniyalik sportchilar bo‘lishdi. Batafsil:
Erkaklar
1. Seefu Tura (Efiopiya) – 2:09.04
2. Yustas Kimutay Kipkosgey (Keniya) – 2:10.00
3. Barnabas Kiptum (Keniya) – 2:10.17
Ayollar
1. Lyusi Kabuu (Keniya) – 2:27.02
2. Vivian Yerono Kiplagat (Keniya) – 2:27.08
3 Sheyla Chepkech (Keniya) – 2:29.25
Fikrlar