Sadio Mane APLning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 4 sentabr, 2018, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi premer-liganing yakunlangan avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra “Liverpul” forvardi Sado Mane barchadan ko‘p ovoz to‘plab, ushbu nomga sazovor bo‘ldi. Senegallik futbolchi bu borada Serxio Aguero, Benjamen Mendi (ikkalasi — «Manchester Siti»), Nil Eteridj («Kardiff»), Lukas Moura («Tottenxem») va Roberto Pereyra («Uotford») kabi futbolchilarni ortda qoldirishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Mane APLning ilk 4ta turida raqiblari darvozasiga 4ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!