
Sabina Sharipova bugun Dubayda kortga chiqadi
Bugun Dubayda ayollar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslarida ilk bosqich uchrashuvlari boshlanadi.
Sovrin jamg‘armasi 100.000 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ham ishtirok etadi.
Sabina bugun Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da vengriyalik Dalma Gafriga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuvda tennischimizga omad tilaymiz.
Fikrlar