Ronaldu va Messi ishtirok etmagan kecha Modrichga ataldi!

  • 27 sentabr, 2018, 15:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonda bo‘lib o‘tgan FIFA marosimida eng nufuzli sovrin xorvatiyalik Luka Modrichga nasib qildi.

Tecno

Londondagi muhtasham Royal Festival Hall ga FiFAning The Best sovrini marosimiga nominantlar va ishtirokchilar sifatida tashrif buyurgan futbol yulduzlarini ko‘rish uchun bir qator mahalliy yosh muxlislar ham o‘z qahramonlarini jonli ko‘rish ilinjida oshiqishdi.

Jahon Chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi Kilian Mbappeni selfiga tushayotgani, Serxio Ramosning «Real» futbolkasiga dastxat qo‘yayotganini ko‘rish mumkin edi. FIFAning besh karra «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» Martani Luka Modrich yonida ko‘rinish berdi.

Bu ko‘p vaqtni olmasada, ko‘p narsani anglatadi. Biror kishidan so‘rasangiz birinchi marta futbolchidan dastxat olgani yoki birga suratga tushganini o‘zgacha ruxda gapirib beradi. Bu butun umrlik xotiralar. Bu holat futbolchi va muxlis o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bugungi kunda zamonamizning eng yaxshi va tan olingan ikki futbol yulduzlari hisoblanadi. Ular ehtimol futbol olamining eng yaxshi ikki vakili bo‘lib qolar. Biroq ular kelishmadi!

Lionel Messi The Best sovrini uchun yakuniy uchlikka kira olmadi va balki Birlashgan Qirollikka tashrif buyurish unchalik ahamiyat kasb etmagandir. Yakuniy uch nominantlar – Krishtianu Ronaldu, Muhammad Saloh va Luka Modrich. Bulardan faqatgina ikkitasi kechaga tashrif buyurdi.

Ronalduda bunday holatda o‘ziga yarasha bahonasi borligi aniq. U o‘tgan oyda Monte Karloda bo‘lib o‘tgan UEFAning «Yilning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini topshirish marosimida Luka Modrich g‘olib bo‘lishini bilgach, tashrifini bekor qilgandi.

So‘nggi o‘n yilda ushbu individual sovringa egalik qilib kelgan yulduzlar buni bu safar uni qo‘ldan chiqarishganini bilishsa ham ozgina mardlik ko‘rsatib The Best ning yangi egasini tabriklab qo‘yishlari joiz edi.

Tantanali sovrin topshirish marosimidan oldin Ronaldu va Messilarning kelmasliklari ma’lum bo‘lgach, futbol jamoatchiligi bu vaziyatni keskin qoralashdi. Ayniqsa, ularning fikri bitta jabhada hamohang bo‘ldi. Ikki futbol yulduzlarining kelmasiligi qolgan barcha nominantlar qarshisida umuman hurmatsizlik qilgani borasidagi o‘y-fikrlar o‘rin oldi.

Marosimda FIFPro talqini bo‘yicha yilning «ramziy terma jamoasi» e’lon qilinganida sahnada 11 kishilik tarkibdan faqatgina to‘qqiztasi bor edi.

Bu juda noqulay palla bo‘ldi. Azar, Marselo va boshqa futbolchilar tig‘iz taqvimga qaramay tashrif buyurishgan bir paytda Ronaldu va Messilarning qanday muhim ishlari bo‘lishi mumkin?

Umuman olib qaraganimizda, futboldagi bunday sovrinlar eng zo‘ri emas. Avvalo jamoaviy o‘yin va haqiqiy kollektiv birinchi o‘rinda turadi. Sportning o‘ziga xos xususiyati shundaki unda g‘oliblardan ko‘ra mag‘lublar ko‘proq bo‘ladi. Faqatgina bir kishi pillapoyaning eng yuqori cho‘qqisida turadi. Mag‘lubiyatlarsiz g‘alaba yo‘q.

Faqatgina bundan futbolchilar qanday qilib yuqori cho‘qqiga chiqishda foydalanadi, shunisi muhim. Bu sportning ajralmas bir bo‘lagi va eng muhim darsi hisoblanadi.

Agarda o‘tgan yillarda Messi va Ronalduning yonida ushbu sovrinni yuta olmasligini bilgach tashrif buyurishdan bosh tortganlar bo‘lganda boshqa gap edi. Birozgina hurmat, futbol uchun, muxlislar uchun, kelgusi avlod uchun oz bo‘lsada hurmat shart.

Ronalduda yutish imkoniyati bor edi. U ham Chempionlar Ligasini yutdi, to‘purarlik borasida yangi rekordlar o‘rnatdi. Keyingi safar yana omad unga kulib boqar.

Messi va «Barselona»ning o‘tgan mavsumda ichki chempionatda hukmronlik qilganiga qaramay ularning yutishi qiyin edi. Ernesto Valverde kataloniyaliklar boshqaruvidagi dastlabki mavsumida ikki sovrinni yutib olganiga qaramay FIFAning «Yilning eng yaxshi murabbiyi» sovrini uchun nomzodlar qatoridan ham joy olmadi. Messi eng yaxshi davrining cho‘qqisiga chiqqan. Biroq u o‘zligini ko‘rsatish uchun yanada yorqinroq sovrinlarni egallashi kerak bo‘lib qoldi.

Ehtimol, u va Ronaldu yil bo‘yi ko‘rsatgan mehnatlari samarasi qadrlanmaganligini his qilishgandir. Chunki ular gollar, sovrinlar, ajoyib onlarni yil bo‘yi boshlaridan o‘tkazishdi.

Modrich ko‘pchilikning nazdida eng yaxshi futbolchi sifatida gavdalanishi qiyin kechayotgandir, biroq u faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi. Messi va Ronalduning qatoridan joy olish shuncha uzoq vaqtni oldi. Shuning o‘zi ham tan olish shartligini bildiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!