"Roma" ayni damda "Boka Xuniors" va "Genk" futbolchilari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 17 dekabr, 2018, 19:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi "Boka Xuniors" yarim himoyachisi Vilmar Barriosning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Footboom xabar tarqatmoqda.

Tecno

Rimliklar shuningdek "Genk" xavbeki Ruslan Malinovskiyni ham ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. “Bo‘rilar” rahbariyati ayni damda yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala futbolchining agenti bilan ham muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Ma’lumot uchun, Barrios joriy mavsum “Boka Xuniors” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Malinovskiy esa “Genk” tarkibida 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning belgiyaliklar bilan shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!