
"Roma" Konte bilan muzokaralar olib bormoqda
“Chelsi” klubi sobiq ustozi Antonio Konte “Roma”ni boshqarishi mumkin. Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Italiya klubi 49 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar olib bormoqda.
Biroq italiyalik mutaxassis Rim klubi bilan shartnoma imzolashga shoshilmayapti va PSJ yoki “Manchester Yunayted”dan taklif kelishini kutmoqda.
Avvalroq Konte “Real”ni boshqarishga yaqin kelgan edi, ammo tomonlar shartnoma shartlari borasida kelisha olishmadi.
Fikrlar