Roberto Martines va Teri Anri Belgiya termasiga 26 futbolchini chaqirdi

  • 30 may, 2017, 17:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya terma jamoasining rasmiy tviterrida yozilishicha, bosh murabbiy Roberto Martines Estoniya xamda Chexiya terma jamoalariga qarshi bahslarga 26 nafar futbolchini chaqirgan. Quyida ularning to‘liq ro‘yhati bilan tanishasiz.

Tecno

Darvozabonlar: Koen Kastels («Volfsburg»), Tibo Kurtua («Chelsi»), Simon Minole («Liverpul»), Matts Zels («Nyukasl Yunayted»);

Himoyachilar: Tobi Alderveyreld, Yan Vertongen (har ikkisi – «Tottenxem Xotspur»), Dedrik Boyata («Seltik»), Loran Siman («Monreal Impekt»), Vensan Kompani («Manchester Siti»), Tomas Vermalen («Roma»).

Yarim himoyachilar: Leander Dendonker («Anderlext»), Yannik Ferreyra-Karrasko («Atletiko»), Naser Shadli («Vest Bromvich Albion»), Kevin De Bryoyne («Manchester Siti»), Maruan Fellayni («Manchester Yunayted»), Tomas Foke («Gent»), Torgan Azar («Borussiya» M), Radja Naynggolan («Roma»), Yuri Tilemans («Anderlext»), Aksel Vitsel («Tyantszin Tsyuantszyan»), Eden Azar («Chelsi»);

Hujumchilar: Mishi Batshuayi («Chelsi»), Romelu Lukaku, Kevin Miralyas (har ikkisi — «Everton»), Kristian Benteke («Kristal Pelas»), Dris Mertens («Napoli»), Divok Origi («Liverpul»).

Eslatib o‘tamiz, Chexiyaga qarshi o‘yin 5 iyunda, Estoniyaga qarshi o‘yin esa 9 iyun sanasida Tallinda bo‘lib o‘tadi.

Martinesga frantsiyalik sobiq futbolchi Teri Anri yordamchilik qilayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!