
"River Pleyt" ertaga Madridga etib keladi
Argentinaning "River Pleyt" klubi o‘zining rasmiy saytida "Boka Xuniors"ga qarshi Libertadores kubogi javob finalida ishtirok etish uchun Madrid shahriga etib kelishini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, asli 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bahs "River Pleyt" muxlislarining raqib jamoa avtobusiga qilgan hujumi sabab qoldirilgan edi. Keyinchalik esa FIFA qarori bilan ushbu o‘yin Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “River Pleyt” – “Boka Xuniors” bahsi 9 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.
Fikrlar