
"Real" Lopetegi o‘rniga yana bir nomzodni o‘rganib chiqmoqda
Madridning “Real” klubi jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegiga yana bir nomzod topdi. Hozirda “qaymoqranglilar” rahbariyati klubning sobiq o‘yinchisi Mikael Laudrupni nomzodini o‘rganib chiqmoqda. Bu mutaxassis shuningdek, “Barselona” va “Yuventus” jamoalarida ham to‘p surgan.
Laudrup murabbiy sifatida “Brondbyu”, “Xetafe”, “Spartak”, “Malorka”, “Suonsi” va “Al-Duxayl” jamoalari faoliyat yuritgan. Ayni damda u 54 yoshli mutaxassis Qatarning “Al-Rayyan” jamoasini boshqarmoqda. Murabbiylik faoliyati davomida u 9 sovrinni qo‘lga kiritgan.
Avvalroq Lopetegiga o‘rinbosar mutaxassislar ichida “Chelsi” va “Yuventus” sobiq ustozi Antonio Konte ham qayd etilgan edi.
Fikrlar