
Rasman! “Xall Siti”ni endi rossiyalik murabbiy boshqaradi
Angliyaning “Xall Siti” klubi rossiyalik Leonid Slutskiyni bosh murabbiy etib tayinlanganini klub rasmiy saytida rasman e’lon qildi. 46 yoshli mutaxassis bilan qancha muddatga shartnoma imzolangani esa xali ma’lum qilinmadi.
Slutskiy o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Premer ligani tark etgan “Xall Siti”ni shug‘illantirishni kelgusi haftadan boshlaydi.
Ma’lumot uchun, rossiyalik mutaxassis faoliyati davomida “Olimpiya”, “Uralan”, “Moskva”, “Krylya Sovetov”, “TsSKA” klublarida xamda Rossiya terma jamoasida ishlagan.
Fikrlar