Rasman! "Milan" A Seriyaning to‘purar futbolchisini sotib oldi

  • 24 yanvar, 2019, 09:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi "Jenoa" hujumchisi Kshishtof Pentekni sotib olganini rasman e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra 23 yoshli polshalik futbolchi “rossonerilar” bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan. Uning transferi esa 45 mln evroga tushgan. Pentekning “Milan”dagi maoshi haftasiga 35 ming evroni tashkil etadi.

Pentekning rasmiy tanishtiruv marosimi bugun o‘tkaziladi. Matbuot anjumanidan so‘ng u “Milan”dagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum A Seriyaida 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!