Rasman! Cherchesov Rossiya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 27 iyul, 2018, 18:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov yana o‘z ishida davom etadigan bo‘ldi.

Tecno

Rossiya futbol ittifoqi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 54 yoshli mutaxassis terma jamoa bilan “2+2” ko‘rinishida shartnoma imzolagan. Bu degani, agar Cherchesov Rossiya terma jamoasi bilan Evro-2020da muvaffaqiyatli ishtirok etsa, u JCh-2022da ham Rossiyaga ustozlik qilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra Cherchesovning va uning qo‘l ostidagi murabbiylar shtabining bir yillik maoshi 2,5 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Cherchesov boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi o‘zi mezbonlik qilgan jahon chempionatida chorak finalga qadar etib bora olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!