
Rakitich "Barselona"dan ketishni rejalashtirmayapti
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich gollandiyalik xavbeki Frenki de Yongning jamoaga o‘tganidan so‘ng o‘zining “ko‘k-anor ranglilar” safidagi kelajagi haqida gapirdi.
“Men hozir faoliyatimdagi eng zo‘r sport formamdaman. “Barselona” safida o‘ynashda davom etishni xohlayman”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Rakitich “Barselona” safiga 2014 yil “Sevilya”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar