
Qarshi shahrida “Sog‘lomjon-Polvonjon” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18 avgust kuni Qarshi shahridagi viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar gimnastika sport maktabida O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida boshlang‘ich gimnastika va harakatli o‘yinlar bo‘yicha “Sog‘lomjon-Polvonjon” musobaqasining viloyat bosqichi musoqasi o‘tkazildi.
“Sog‘lomjon-Polvonjon” musobaqasining tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar viloyat bosiqichida ishtirok etishdi.
Musobaqaning viloyat bosiqichida 120 nafar (shulardan 50 tasi qizlar) bolajonlar ishtirok etishdi. Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolari, hamda musobaqaning barcha ishtirokchilari viloyat Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan ajratilgan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra Shahrisabz tumani jamoasi 1-o‘rinni, Yakkabog‘ tuman jamoasi 2-o‘rinni, Muborak tuman jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar