
Pogbaga kutilmagan da’vogar paydo bo‘ldi
"Manchester Yunayted" klubi xavbeki Pol Pogba uchun kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi "Inter"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. “Neradzurrilar” ushbu futbolchini qo‘lga kiritish uchun tarkibidagi MYuni qiziqtirayotgan ikki futbolchisi - Ivan Perishich yoki Milan Shkrinyarlardan birini ushbu transferga qo‘shishga tayyor.
Ma’lumotlarga qaraganda Pogbani “Inter”ga yaqindagina “Yuventus”dan ketib, aynan “neradzurrilar”ga bosh direktor bo‘lgan Juzeppe Marotta chorlamoqda.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum jami 15ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar