
PSJ Evro-2016 ning eng yaxshi yosh futbolchisini o‘z safida ko‘rmoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Renatu Sansheshning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda RMC nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra parijliklar rahbariyati 21 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborishgan. Ushbu transfer mavsum yakunlangach amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Sanshesh Evro-2016 musobaqasining eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan “Golden Boy” sovriniga loyiq ko‘rilgan edi.
Ma’lumot uchun, Renatu Sanshesh “Bavariya” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 42ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar