Ot sporti. O‘zbekiston nufuzli xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi

CHERY AUTO

2019 yilda mamlakatimiz ot sporti bo‘yicha yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Tecno

Unga ko‘ra, Xalqaro ot sporti federatsiyasi FEI Jumping Children’s Classic Final 2019 turnirini o‘tkazish huquqini mamlakatimizga ishonib topshirdi. Bellashuvlar 2019 yilning 17-21 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa konkur bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan chavandozlar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanadi. Sportning ushbu turi bo‘yicha bunday saviyadagi musobaqa O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etiladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda yosh avlodning ot sportiga qiziqishni oshirishda, sportning ushbu turini ommalashtirishda katta ahamiyatga egadir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!