
Osiyoning eng yaxshilari aniqlandi
SPORTS.uz internet axborot portali mazkur jarayondan onlayn matnli translyatsiyani amalga oshirdi.
21:10. Marosim yakunlandi. Sizlar bilan yaqin bir yarim soat davomida Shahzod Xolboev birga bo‘ldi. Salomat bo‘ling!
21:05 Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi - Abdulakarim Hassan (Qatar). U "Al-Sadd" safida OChL guruh bosqichida "Nasaf" darvozasini ishg‘ol qilgan edi
21:01 Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi Van Shuan (Xitoy)
20:58 Endi navbat futbolchilarga
20:56 Badiiy sahna ko‘rinishiga berildi navbat
20:54 Eronlik Ali Ashgar Hasanzoda 2018 yilning eng yaxshi futzalchisi bo‘ldi
20:51 2018 yilning eng yaxshi erkak murabbiyi - yaponiyalik Go Oiva. U "Kashima Antlers"ni OChLda g‘oliblik sari etaklagan edi. Qayd etish joiz, mazkur mukofotga hamyurtimiz Ravshan Haydarov da’vogarlik qilayotgan edi
20:48 Ayollar futbolidagi yil murabbiyi sifatida yaponiyalik Asako Takakura g‘olib deb topildi
20:46 Xitoy futbol assotsiatsiyasi ham ommaviy futbolni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun OFK prezidenti sovriniga ega bo‘ldi
20:44 Singapur futbol assotsiatsiyasi ommaviy futbolni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun OFK prezidenti sovrini topshirildi
20:42 Falastin futbol assotsiatsiyasi ommaviy futbolni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun OFK prezidenti e’tirofiga sazovor bo‘ldi
20:34 Navbat badiy qismga berildi. Sahnada livanlik xonanda Maya Diab o‘zining go‘zal taronasi bilan yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi
20:32 2018 yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi sovrini Yaponiya futbol assotsiatsiyasiga topshirildi
20:31 Koreya Xalq Demokratik Respublikasi futbol assotsiatsiyasiga ham 2018 yilning eng yaxshi rivojlanayotgan futbol assotsiatsiyasi sovrini topshirildi
20:29 2018 yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi sovrini (intilishi va rivojlanishi uchun) Mo‘g‘uliston futbol federatsiyasiga topshirildi
20:24 "Osiyo olmosi" mukofoti OFK sobiq prezidenti Jang Jilongga topshirildi. OFK vitse-prezidenti Chjan Tszilun marosimda qatanasha olmayotgani sababli ekranda Shayx Salmon unga sovrinni topshirayotgani aks etgan video namoyish qilindi
20:19Tailandning "Wild Boars" futbol klubi va Yaponiyaning U-20 jamoasi bosh murabbiyi Futoshi Ikedaga taqdim qilindi
20:14 OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa sahnaga taklif qilindi
20:12 Dastlabki Badiy qism yakuniga etdi. Sahnaga boshlovchilar - Natali Mamo bilan Jon Dayks chiqib kelishdi
20:08 Ummon mamlakatining mahalliy an’analari va raqslari aks ettirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etilmoqda
20:04 Dastavval Osiyo futbolida yil davomida sodir bo‘lgan voqealar ask etgan videolavha namoyish etilmoqda. Lavha O‘zbekiston U-23 termasining qit’a birinchiligidagi g‘alabasi bilan boshlangan
20:00 Diqqat, marosim boshlandi!
19:59 Eslatib o‘tamiz, shu yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini g‘olibga aylantirgan Ravshan Haydarov "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasida ishtirok etmoqda
19:58 Marosim Maskat shahridagi Ummon ko‘rgazmalar va konferentsiyalar markazida bo‘lib o‘tmoqda
19:55 Yana bir necha daqiqalardan so‘ng marosim boshlanadi.
Fikrlar