
Osiyo o‘yinlari. Aziz Asimov Indoneziya - Gonkong uchrashuvini boshqaradigan bo‘ldi
Indoneziyada Osiyo o‘yinlari musobaqalari davom etmoqda. Futbol bo‘yicha musobaqalarni boshqarib borish uchun o‘zbekistonlik hakamlar ham taklif qilingani haqida xabar berib o‘tgandik.
Hamyurtlarimiz navbatdagi o‘yinlarga tayinlandilar. Aziz Asimov Indoneziya - Gonkong uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotda yana bir yurtdoshimiz Ruslan Serazetdinov yordam beradi.
Anna Sidorova esa Gonkong - Shimoliy Koreya ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqaradi.Yana bir o‘zbekistonlik hakam Zilola Rahmatova unga qanotda yordam beradi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Fikrlar