Osiyo o‘yinlari 2-kun. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 10-o‘ringa tushib ketdi (FOTO)

  • 20 avgust, 2018, 20:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor shu kunlarda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Quvonarlisi, hamyurtlarimiz musobaqaning ilk kunlaridanoq birin-ketin medallar qo‘lga kiritishni boshlab yuborishdi. Dastlabki kuni erkin kurashchilarimiz 2ta bronza va 1ta oltin medalni naqd qilishgan bo‘lishsa, bugun Ushuning ikki kurash turi bo‘yicha sportchimiz Darya Latisheva kumush medalga sazovor bo‘ldi. Kunning ikkinchi yarmida esa Taekvondochilarimiz Po‘lat Niyozov (-58kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, keyinchalik Nigora Tursunkulova (-67kg) terma jamoamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. Kun yakunida esa 125 kg vazn toifasidagi erkin kurashchimiz Davit Modzmanashvili O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 4-bronza medalni taqdim etdi.

Shunday qilib, o‘tgan ikki kun natijalariga ko‘ra hozircha terma jamoamiz delegatsiyasi hisobida jami 7ta medal mavjud va ular umumjamoa hisobida 10-o‘rinni egallab turishibdi. 

medal1

Eslatib o‘tamiz, kun boshida vakillarimiz umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallab turishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!