
Osiyo kubogi-2019. Janubiy Koreya Xitoydan, Qirg‘iziston esa Filippindan ustun keldi
Janubiy Koreya Xitoy ustidan 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi va o‘z ochkolari sonini 9 taga etkazgan holda guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Marchelo Lippi boshqaruvidagi Xitoy esa 6 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.
Parallel ravishda kechgan Qirg‘iziston hamda Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv esa qo‘shnilarimizning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakun topdi.
Shu tariqa Aleksandr Krestinin boshqaruvidagi qirg‘izlar 3 ochko bilan guruhda aynan 3-pog‘onani egalladi. Filippin esa 0 ochko bilan guruhda so‘nggi bo‘ldi.
Fikrlar