Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasining birinchi kungi natijalari

CHERY AUTO

 

Tecno

Xabaringiz bor, ayni paytda Nepalning Katmandu shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etayotgani borasida ma’lum qilgandik.

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyor (Fotoreportaj)

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, hamyurtlarimiz mazkur turnirda dastlabki chiqishlarni amalga oshirishgan.

Quyida natijalar bilan tanishishingiz mumkin:

25 iyul. O‘smirlar.

58 kg A guruhi

Shahloxon Abdullaeva Xorazm viloyati

Dast ko‘tarishda 3-o‘rin.

Siltab ko‘tarishda 3-o‘rin.

Ikki kurashda 3-o‘rin.

Musharrfa Rahimov Farg‘ona viloyati

62 kg. A guruhi

Dast ko‘tarishda 3-o‘rin

Siltab ko‘tarishda 5-o‘rin

Ikki kurashda 3-o‘rin


Shuningdek, 26 iyul, ya’ni bugun chiqishi kutilayotgan atletlar bilan tanishing:

Asadbek Narimonov Xorazm viloyati

69 kg B guruhi. O‘smirlar

Zarnigor Abdurahmonova Qashqadaryo viloyati

63 kg A guruhi

Muhammadqodir Toshtemirov Namangan viloyati

69 kg A guruhi. O‘smirlar

Tursinoy Jabborova Qashqadaryo viloyati

69 kg A guruhi

Kumushxon Fayzullaeva Navoiy viloyati

63 kg A guruhi

Eslatib o‘tamiz, Katmandudagi chempionat 29 iyulga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!